Canon i-SENSYS LBP-2900 qurilmasi A4 formatdagi qog'ozlar uchun mo'ljallangan bo'lib, monoxrom rejimda daqiqasiga 12 ta varaq chop eta oladi. Istasangiz bir yoqlama, ikki yoqlama chop etishingiz mumkin. Ikki yoqlama chop etish varaqni qo'l bilan o'girib berish orqali amalga oshirish.
Qurilma uyqu holatidan tez chiqa oladi va hozirlanib olishi uchun 10 soniya vaqt sarflaydi. Buyruq berilgandan so'ng esa birinchi varaqni chop etish uchun 9.3 soniya kerak bo'ladi xolos. Ush lazerli printerning hotira hajmi 2 MBni tashkil etadi. Ishlash jarayonida shovqini 48dB darajadan oshmaydi, shuning uchun ham u atrofdagilarga umuman halal bermaydi.

