Barcha sinovlardan so‘ng besh do‘st - Evan, Ksavye, Brianna, Levi va Manuel - Agoratosga qaytishni sabrsizlik bilan kutishmoqda. Afsuski, ular xohlagan paytda kelib-ketishlari mumkin emas! Haqiqiy hayot juda zerikarli...
Bolalarga sehrli va oddiy yer dunyosi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qdek tuyuladi. Ammo tez orada ular buning noto‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilishadi. Mo‘jizalar, baland qasrlar va qanotli ajdarlar o‘lkasida sodir bo‘layotgan voqealar sening uyingda aks etadi. Ma’lum bo‘lishicha, Agoratosda yo‘l qo‘yilgan xato butun hayotni – "haqiqiy" hayotni, nafaqat sening hayotingni ostin-ustun qilib yuborishi mumkin ekan.
Yangi jang yaqinlashmoqda - bu safar dushman allaqachon ostonada turibdi.

