"Oliver Tvistning sarguzashtlari" (Приключения Оливера Твиста) — ingliz adabiyotining buyuk namoyandasi Charlz Dikkens qalamiga mansub eng mashhur romanlardan biridir.
Asar yetim bola Oliver Tvistning og‘ir bolalik davri, adolatsizlik, jinoyatchilar olami va halol hayot sari olib borgan mashaqqatli yo‘lini hikoya qiladi. Oliver turli sinovlarga duch keladi, ammo ezgulik, mehr va insoniylikni yo‘qotmaydi.
Dikkens ushbu roman orqali XIX asr Angliyasidagi kambag‘allik, bolalar mehnati va jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni mahorat bilan tasvirlagan. Asar nafaqat qiziqarli sarguzasht, balki chuqur ma'naviy va tarbiyaviy mazmunga ham ega.
Bugungi kunda "Oliver Tvist" jahon adabiyotining oltin fondidan o‘rin olgan va ko‘plab tillarga tarjima qilingan klassik asar hisoblanadi.

