Premium yog‘och munchoqli massajli avtomobil o‘rindiq qoplamasi – uzoq safarlar va kundalik haydashda maksimal qulaylik yaratish uchun mo‘ljallangan. Tabiiy yog‘och munchoqlar yengil massaj ta'siri berib, havo aylanishini yaxshilaydi va o‘rindiqda uzoq vaqt o‘tirganda yuzaga keladigan noqulaylikni kamaytirishga yordam beradi.
Qoplama o‘rindiqni chang, kir va eskirishdan himoya qiladi. Mustahkam ip bilan to‘qilgan bo‘lib, uzoq muddat xizmat qiladi. Universal o‘lchami tufayli ko‘pchilik yengil avtomobillar, sedan, krossover va SUV modellari uchun mos keladi. Podgolovnik qismi bilan birga keladi va avtomobil saloniga zamonaviy hamda tabiiy ko‘rinish beradi.

