










Ushbu zamonaviy g‘ilof avtomobil kalitini kundalik foydalanishda tirnalish, chang, kir va yengil zarbalardan himoya qiladi. Yengil konstruksiyasi tufayli kalitni og‘irlashtirmaydi hamda cho‘ntakda, sumkada yoki kamar ilgagida olib yurishga qulay.
G‘ilof avtomobil pultining aloqa signalini to‘sib qo‘ymaydi va signal masofasini kamaytirmdi. Eshiklarni ochish-yopish, bagajni boshqarish va boshqa masofaviy funksiyalardan odatdagidek foydalanish mumkin.
Qora yog‘och teksturali qoplama mahsulotga zamonaviy va premium ko‘rinish beradi. G‘ilof kalit shakliga mos ishlab chiqarilganligi sababli pultga zich joylashadi, tugmalarni bosishga xalaqit qilmaydi va foydalanish davomida sirpanib ketmaydi.
Metall halqa va mustahkam charm bog‘ich kalitni kamar, sumka yoki boshqa kalitlarga mahkamlash imkonini beradi. Bu kalitning yo‘qolib qolish ehtimolini kamaytirib, uni doimo qulay joyda saqlashga yordam beradi.
Mahsulotning asosiy afzalliklari:
Ushbu g‘ilof avtomobil kalitini himoya qilish bilan birga, unga o‘ziga xos, zamonaviy va qimmatbaho ko‘rinish beradi.

