Mazkur darslik ingliz tilining grammatikasini tizimli ravishda o‘rganish hamda tildan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Kitobda zamonaviy ingliz tilining kundalik, ishbilarmonlik va og‘zaki nutqda uchraydigan asosiy grammatik hodisalari yoritilgan. Mavzularni mustahkamlash uchun mashqlar va mustaqil tekshirish imkonini beruvchi javoblar berilgan. Darslik til oliygohlari talabalari va o‘qituvchilari, shuningdek, ingliz tilidan kasbiy faoliyatida foydalanadigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

