• Sahifalar soni: 208
Kitob MATEMATIKA fanidan MILLIY SERTIFIKAT imtihonlariga tayyorlanuvchi o‘quvchilar, abituriyentlar, o‘qituvchilar va shu fanga qiziqadigan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. To‘plamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sertifikatlash imtihonlarida foydalanilgan testlarga o‘xshash topshiriqlar va ularning to‘g‘ri javoblari berilgan.
To‘plam 20 ta variantdan iborat. Har bir variantga 45 ta savol kiritilgan bo‘lib, o‘z ichiga:
1-dan 33-savolgacha – bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i;
33-dan 35-savolgacha – moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i;
36-dan 45-savolgacha – qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test
topshiriqlarni oladi. Har bir variantdagi savollar mutlaqo yangi va o‘quvchining fikrlash qobilyatini oshiradi. Savollar «Milliy sertifikat» nizomida ko‘rsatilgan bandlarga muvofiq tuzilgan bo‘lib, o‘quvchida haqiqiy imtihonda qatnashgandek taassurot uyg‘otadi. Fikrlashni oshiradigan yangi savollar bilan boyitilgan. O‘quvchining kalkulyatorsiz ishlash texnikansini oshiradi va rivojlantiradi. Ushbu to‘plamni tushunib, mohiyatiga yetib ishlagan o‘quvchi nafaqat «Milliy sertifikat» imtihonida yaxshi natijaga erishishadi, balki, hayotiy real muammolarni hal qilishda yengil, samarali usullarni topishga o‘rganadi.

