Turon o‘lkasida XVII asrdan boshlab kuchayib borayotgan tarqoqlik, shonli o‘lkaning Jayxun va Sayxun oralig‘ida uch xonlikka bo‘linib ketishi tariximizdagi eng ayanchli voqealardan biridir. Toj-u taxt uchun o‘zaro kurashlar girdobida manfaatlar bilan birga ruhiy kechinmalar ham faol ishtirok etdi. Dushman tomonlarni tinchlantirishning bu usuli qadimda sinab ko‘rilgan va ba’zan ijobiy natijalarga ham olib kelgan. XVIII asr boshlarida kenagas elidan chiqqan, husnda Kleopatraga teng keladigan go‘zal Aychuchuk Ayimga uylanish Shahrisabz xonligi va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi urushga chek qo‘ydi. XIX asr tarixchisi ta’kidlaganidek, Shahrisabz va Qo‘qon zodagon urug‘lari o‘rtasidagi "amaki-jiyan" munosabatlarining sababi aynan shu qarindoshlikda yashiringan va davom etmoqda. Qissa o‘tgan davrni tarixiy manbalar asosida, tadqiqotchilik-badiiy yo‘sinda tasvirlaydi. Asar Vatanimiz o‘tmishi bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan. Umid qilamizki, xalqimizning birligi, qon-qardoshligi tarixiga muxtasar yondashuv hurmatli o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

