Hech bir ezgu ish jazosiz qolmaydi, ayniqsa, xatti-harakatlari umuman yaxshilik va yomonlik tushunchalari chegarasidan tashqarida bo‘lgan xudolar ishiga aralashgan bo‘lsa. Xudolar o‘z rejalariga ega bo‘lgan Yovuz Hukmdorni o‘ldirding — shuning uchun marhamat qilib, uning o‘rnini egallagin-da, unga atalgan ishni bajargin, aks holda xudolarning jahli chiqishi mumkin. Xo‘sh, bunday xodimga oxir-oqibat "an’anaviy" yakun tayyorlab qo‘yishdi... Xo‘sh, taqdir ekan-da, omading kelmabdi.
Darvoqe, qahramonimiz chaqiriqni qabul qiladi, zero, ma’lumki, har qanday, hatto eng umidsiz vaziyatdan ham kamida ikkita chiqish yo‘li mavjud. Oxir-oqibat, xudolar ham o‘ladi.

