WH148 B20K — chiziqli (B) xarakterga ega mono potensiometr bo‘lib, 0 dan 20 kOm gacha silliq rostlashni ta’minlaydi. Ichki o‘chirgich (switch) bilan birga keladi. Yorug‘lik dimmeri, audio uskunalar, rostlanadigan/laboratoriya quvvat manbalari hamda tiristor/simistyor dimmer va aylanish tezligi regulyatorlarida qo‘llanadi.
20 mm qisqa val panelga qulay, 3 ta chiqish esa plataga oson montaj imkonini beradi. Uglerodli rezistiv element, 300°±5° burilish burchagi va 15 000 sikl resursga ega.

