Shinalarni damlash endi juda oson! Ushbu simsiz kompressor yordamida siz nafaqat avtomobil shinalarini, balki mototsikl, velosiped g'ildiraklari hamda koptoklarni ham bir necha daqiqada damlashingiz mumkin. Ixcham dizayni tufayli mashina bardachogiga bemalol joylashadi.
Asosiy afzalliklari:
- Simsiz va qulay: Ichki akkumulyatori tufayli hech qanday simlarsiz ishlaydi. Uni istalgan joyda ishlatishingiz mumkin.
- Avtomatik to'xtash (Avtostop): Kerakli bosimni (BAR yoki PSI) belgilang va qurilma o'zi kerakli bosimga yetganda to'xtaydi. Ortiqcha damlab yuborishdan qo'rqmasangiz ham bo'ladi.
- Aniq raqamli displey: Shinadagi joriy bosimni real vaqt rejimida ko'rsatib turadi.
- O'rnatilgan LED fonar: Kechasi yoki qorong'u joylarda ishlash uchun juda qulay.
- Universal: To'plamdagi turli nasadkalar yordamida koptoklar, velosipedlar va shishiriladigan o'yinchoqlar uchun ham mos keladi.