Portativ A4 termoprinter hujjatlar shartnomalar jadvallar chizmalar o‘quv materiallari va boshqa fayllarni tez hamda qulay chop etish uchun mo‘ljallangan. Termal bosib chiqarish texnologiyasi tufayli siyoh toner yoki kartrij talab qilmaydi. Bu esa qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirib, qurilmadan foydalanishni osonlashtiradi.
Printer ixcham va yengil korpusga ega bo‘lib uni sumkada olib yurish mumkin. Uyda ofisda ta’lim jarayonida safarda yoki kafeda ishlash uchun qulay. Smartfon planshet yoki noutbukdan kerakli fayllarni yuborib A4 formatda chop etish imkonini beradi. Hujjatlar rasmlar jadvallar PDF fayllar va chizmalarni chiqarishga mos.
Qora rangdagi zamonaviy dizayni har qanday ish joyiga mos tushadi. Printer kam joy egallaydi, tez ishga tayyorlanadi va kundalik vazifalarni yengillashtiradi. Talabalar o‘qituvchilar ofis xodimlari tadbirkorlar dizaynerlar va safarda ko‘p ishlaydigan foydalanuvchilar uchun foydali tanlov.

