Istedodli miya jarroxi Pol Kalanitini porloq, kelajak kutayotgandi: mansab-martaba, ilmiy unvon, suyukli ayoli va farzandlari bilan birga xotirjam hayot kechirish... Ammo kasallik shifokorni ham ayab o'tirmaydi. Barcha rejalari barbod bo'lganida u endigina o'ttiz olti yoshga to'lgandi: o'pka saratoni, oxirgi bosqich...
Pol kechagina mutaxassislik ta'limini tamomlash, eng murakkab operatsiyalarni o'zlashtirish, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish ustida ish olib borayotgandi, neyrojarrohlik bo'yicha professor bo'lish arafasida edi. Bugun esa u shifoxonada ko'plab tahlil va testlar natijasini kutib yotgan bemorga aylandi... Ammo u kasallik sabab operatsiya o'tkazishdan voz kechmadi, yaqinlariga yanada ko'proq g'amxo'rlik qildi. Nihoyat ota bo'lish sharafiga erishdi. Pol o'zining o'lim bilan yuzlashgan onlari haqida kitob yozib,
uni «So'nggi nafas havoga qorishmasdan» deb nomladi.
So'nggi nafasingizni olmaguningizcha harakatdan to'xtamang!

