• Сахифа 282
• Мукова юмшок
Istedodli miya jarrohi Pol Kalanitining porloq, kelajakni kutayotgan edi: mansab-martaba, ilmiy unvon, suyukli ayoli va farzandlari bilan birga xotirjam hayot kechirish… Ammo kasallik shifokorni ham ayab o‘tirmaydi. Barcha rejalari barbod bo‘lganida u endigina o‘ttiz olti yoshga to‘lgan edi: o‘pka saratoni, oxirgi bosqich…
Pol kechagina mutaxassislik ta’limini tamomlash, eng murakkab operatsiyalarni o‘zlashtirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish ustida ish olib borayotgan edi, neyrojarrohlik bo‘yicha professor bo‘lish arafasida edi. Bugun esa u shifoxonada ko‘plab tahlil va testlar natijasini kutib yotgan bemorga aylandi… Ammo u kasallik sabab operatsiya o‘tkazishdan voz kechmadi, yaqinlariga yanada ko‘proq g‘amxo‘rlik qildi. Nihoyat ota bo‘lish sharafiga erishdi

