• Kitob:✍️ Pol Ekman
• Muallif:📕 "Yolg'on psixologiyasi"
• Muqova:📒 Qattiq muqovali
• Nashriyot: Info capital books
• Kitobda yolg'onning turli ko'rinishlarini farqlash, bilib olish va unga qarshi usullar bayon etilgan. Kitob mazmuni shunchaki, gaplar bilan emas, ko'plab misollar yordamida yoritib berilgan.
Kitobning menga eng yoqqan jihati shundaki, muallif g‘oyani bayon qiladi, tafsilotlar beradi, so‘ng hammasini jahon tarixidan misollar bilan mustahkamlaydi. Misli ko'rilmagan fitnalarni hikoya qilib beradi. O‘z xalqini aldagan, omma oldida yolg‘on gapirgan siyosatchilar, prezidentlar, vazirlarlar, amaldorlar haqida ham ma'lumot olasiz, muallif bu holatlarning barchasini kitobida juda chuqur tahlil qilgan.
Kitob mutlaqo hamma uchun juda qiziqarli va odamlar bilan muloqot qilishda yordam beradi.
O'qib chiqishni hammaga, ayniqsa, yolg'onga osongina aldanadigan kishilarga tavsiya qilaman.

