Xulq-atvorimizni boshqarishda hal qiluvchi rolni nima o‘ynaydi? Yuzimizda nimalar aks etadi va hayotimiz sifatini nima belgilaydi? Samarali muloqotning zamirida nima yotadi? Bolalikdan boshlab biz nimani his qilib ulg‘ayamiz?
Bu savollarning barchasiga yagona javob bor — his-tuyg‘ular.
His-tuyg‘ular ochiq yoki yashirin, nazorat qilinadigan yoki moslashuvchan bo‘lishi mumkin. Pol Ekman ushbu kitobida his-tuyg‘ularni nafaqat o‘zimizda, balki boshqalarda ham aniqlash, to‘g‘ri baholash va boshqarishni o‘rgatadi.
Agar siz psixologiya, jamoatchilik bilan aloqalar yoki boshqaruv sohasiga qiziqsangiz, bu asar siz uchun bebaho qo‘llanma bo‘la oladi. Kitob qiziqarli faktlar, hayotiy misollar va amaliy tavsiyalarga boy bo‘lib, o‘quvchini befarq qoldirmaydi.
ISBN : 9789910811241
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Tarjimon : Zarina Tojiyeva
Betlar soni : 432
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : BEST-BOOK
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Pol Ekman

