• Muallif: Aberkrombi J.
• Nashriyot: fanzon
• Muqova:Qattiq muqova
• Sahifa:448
"Lokus" mukofoti finalchisi.Britaniya Fentezi mukofoti finalchisi.Buzzfeed va The Independent talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi kitoblaridan biri.Sobiq yarim qirolning, hozirda esa Temir qirol xizmatchisining sahna ortidagi fitnalari bu dunyoning barcha qahramonlari va yovuzlarini hal qiluvchi jangda birlashtiradi. "Aberkrombining hikoya qilish mahorati shundaki, siz sevgan yoki nafratlangan qahramonlardan tortib, ulkan dunyogacha - hamma narsa juda qiziqarli." - Fantasy Book Review "Yarim jangchilar - bu butun trilogiyaga qalin nuqta qo‘yadigan har tomonlama muvaffaqiyatdir." - Tor.com "Shiddatli janglar, syujetning oniy burilishlari, o‘tkir dialoglar." - New York Daily News" Trilogiyaning munosib va yorqin yakuni bo‘lib, u o‘zining "g‘alabali"ligiga qaramay, achchiq ta’m qoldiradi. Darvoqe, Aberkrombi uchun bu odatiy hol. Axir, haqiqiy hayot ham Gollivud kinosiga o‘xshamaydi, britaniyalik muallifning fantaziyasi bilan yaratilgan "qilich va sehr"ning qorong‘u dunyosidagi hayot esa har doim tig‘ning qirrasida muvozanatlashadi." - Fantlar olami

