Lukas o‘n uch yoshda va u dunyodagi yovuzlikka qarshi kurashish uchun tuzilgan xalqaro tashkilot - Yangi Qarshilik harakati a’zosi. Ayniqsa, bu yovuzlik butun dunyo bo‘ylab bolalarni o‘g‘irlaydigan va boshqa dahshatli ishlarni amalga oshiradigan ikkiyuzlamachi korporatsiya - Yaxshi kompaniyadan chiqqanda.
Navbatdagi ommaviy o‘g‘irlikning oldini olish uchun Lukas va superagent bolalar jamoasi zudlik bilan Parijga uchib ketishadi. Biroq, afsuski, Lukas Yangi Qarshilik harakatining qat’iy qoidalari va intizomiga bajonidil amal qilmaydi. Butun operatsiya ostin-ustun bo‘lib ketganda, u bir zumda kutilmagan voqealar va xavfli sarguzashtlar girdobiga tortiladi.

