• Yumshoq muqova
• Xatcho‘p Hadya
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Qog'oz rangi: Oq
• Sahifalar soni: 704
• To'liq tavsifni o'qing
Inson evolyutsion jihatdan qo‘rqoq zebra kabi tahdidga javob berishga va undan qochishga moyil. Ya’ni xavf-xatarni his qilib, bor kuchi bilan yugurish, qolgan vaqtda esa tinch holatda bo‘lish. Ammo deyarli har birimiz har kuni stress holatida bo‘lamiz va unga bo‘lgan reaksiyamiz surunkali tus oladi.
Doimiy stress turli xil kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo agar siz stressga bo‘lgan munosabatingizni nazorat qilishni o‘rgansangiz, u organizmga unchalik kuchli ta’sir qilmaydi. Muallif stress reaksiyalari kasalliklarning rivojlanishini qo‘zg‘atadigan yoki ularning kechishini og‘irlashtiradigan mexanizmlar haqida gapiradi. Shuningdek, u o‘z salomatligini boshqarishni o‘rganish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar bilan o‘rtoqlashadi. "Nima uchun zebralarda infarkt bo‘lmaydi" kitobi stress fiziologiyasi haqidagi eng nufuzli nashrlardan biridir. Uni o‘qib chiqib, turli vaziyatlarda tanani boshqarishning o‘ziga xos uslubiga ega bo‘lish mumkin.

