Listvyankada barcha shaharliklar tayyorgarlik ko‘rayotgan katta bayram yaqinlashmoqda. Mana, Klinkus ham o‘z do‘stlari bilan birgalikda dunyodagi eng mazali "Ming bir ta’m" sho‘rvasi uchun masalliqlarni yig‘ishga rozi bo‘ldi. Tayyorgarlikning eng qizg‘in paytida asalarilar to‘dasi kutilmagan xabar keltirdi: Varaqjonning himoyachisi, druid Gomnius g‘oyib bo‘ldi! Sirli g‘oyib bo‘lishida asosiy gumondor esa... Klinkus! Druid aslida qayerga g‘oyib bo‘ldi? Klinkus va uning do‘stlari bu sirni zudlik bilan ochishlari kerak!
Agar astoydil harakat qilinsa, har qanday qiyinchilikni yengib o‘tish mumkin — bu seriyaning asosiy g‘oyasidir. Kitob birinchi mustaqil o‘qish uchun juda mos keladi: ko‘p rangli rasmlar, yirik shrift, kichik boblar. Qiziqarli hikoyadan tashqari, ichkarida uni to‘ldiruvchi xaritalar va qahramonlar tavsifini topasiz.

