• По осколкам твоего сердца Анна Джейн
Sarlavha: Qalbing parchalari uzra (По осколкам твоего сердца) Muallif: Anna Jeyn
Tavsif: U mening birinchi muhabbatim edi. Hamma qo‘rqadigan "yomon bola". Barcha qizlar shaydo bo‘lgan xavfli go‘zal. Butun sinf meni kamsitib, hayotimni do‘zaxga aylantirganda, u meni qutqargan edi. Shundan so‘ng hech kim menga tegishga jur’at qila olmadi. Maktabning eng zo‘r yigitiga kim ham qarshi chiqa olardi? Men uni sevib qoldim. Uning yonida o‘tkazgan vaqtim hayotimdagi eng baxtli damlar edi. Ammo bir kuni u g‘oyib bo‘ldi (vafot etdi). Qalbim parcha-parcha bo‘ldi. Men o‘zgarishga va hayotni yangidan boshlashga qaror qildim. Lekin nega hamon u tirikdek tuyulyapti?
Romanda yosh kitobxonlar sevgan barcha narsa bor: maktab hayoti, xarakterlar to‘qnashuvi va ulg‘ayish uchun zarur bo‘lgan ilk muhabbat. Ushbu kitob sevimli qiz, ayol, dugona, opa-singil yoki ona uchun tug‘ilgan kun, 8-mart, 14-fevral yoki Yangi yil bayramiga ajoyib sovg‘a bo‘la oladi.
KITOB HAQIDA MUHIM MA’LUMOTLAR:
MUALLIF HAQIDA: Anna Jeyn — o‘smirlar (16+) va kattalar uchun yozilgan ishqiy romanlar muallifi. Uning asarlari — bu sevgi, romantika, sirlar va kutilmagan syujet burilishlariga boy zamonaviy nasr namunasidir.

