Yuqori pigmentli Sparkle ko‘z soyalari — intensiv porlash va ko‘p qirrali nur tovlanishini yaratish uchun mo‘ljallangan. Har xil o‘lcham va tusdagi marvarid zarrachalari hajmli hamda to‘yingan yorqinlikni ta'minlaydi.
Yumshoq kremsi teksturasi tufayli soyalar osongina surtiladi, tushushiriladi (blend qilinadi) va yopishqoq asos (baza) talab qilmaydi. Yuqori chidamlilikka ega.
Kimlar uchun/Nimalar uchun mos keladi:
Barcha turdagi terilar uchun;
Ko‘z, yuz va tana uchun;
Professional va kundalik foydalanish uchun.
Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Yengil va shaffof qoplama hosil qilish uchun soyalarni tabiiy yoki sintetik tukli yumshoq (paxmoq) cho‘tka yordamida surting;
To‘yingan porlash uchun zich cho‘tkadan foydalaning yoki soyani barmoq uhlari bilan yengil urib (bosing) surting. Yanada yorqinroq jilo berish uchun cho‘tkani biroz namlash ham mumkin;
Soyalarni toza teriga, shuningdek, porloq urg‘u (aksent) sifatida krem va quruq teksturalar ustidan ham surtish mumkin.

