Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Tenlarni sintetik cho‘tka yoki barmoq uchlari yordamida surtib, yaxshilab yoying. Mahsulotni toza teriga, quruq yoki krem teksturali kosmetika ustiga qo‘llash mumkin. Kerakli rang to‘yinganligiga erishish uchun bir necha qatlam qilib surtish tavsiya etiladi.
Tarkibida:
• E vitamini — antioksidant bo‘lib, terini atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qiladi, namlaydi va yumshatadi.
• Funktsional to‘ldiruvchilar — ortiqcha yog‘ (sebum)ni o‘ziga singdiradi va makiyajning kun davomida uzoq saqlanishini ta’minlaydi.

