PMKL BODY GLOW 102 Bronze – Tana uchun yaltiratuvchi losion
Teriga nafis va jozibali yaltiroq ko‘rinish baxsh etuvchi PMKL BODY GLOW losoni mayda marvaridsimon zarralari yordamida teriga chiroyli oltin-bronza tus beradi. Teri rangini vizual ravishda tekislaydi, mayda nuqsonlarni yashiradi va terini silliq hamda parvarishlangan ko‘rsatadi.
Yengil formulasi teriga oson surtiladi, tez quriydi, yopishqoq his qoldirmaydi va kiyimda iz qoldirmaydi. Yorqinlik effekti kun davomida saqlanib turadi.
Rangi: 102 Bronze – oltin-bronza.
Afzalliklari:
teriga tabiiy va yorqin jilva beradi;
tez singadi, yopishqoq emas;
uzoq vaqt saqlanadigan effekt;
teridagi mayda notekisliklarni vizual yashiradi;
betain va natriy gialuronat yordamida terini namlaydi;
barcha teri turlari uchun mos;
kundalik va professional foydalanish uchun mos.
Qo‘llash usuli: Ishlatishdan oldin flakonni yaxshilab chayqatib oling. Losondan oz miqdorda toza va quruq tana terisiga surtib, bir tekis yoying. To‘liq qurishi uchun bir necha daqiqa kuting. Zarurat bo‘lsa, dush geli yoki sovun bilan yuvib tashlanadi.

