• Nomi: Miyaning plastiklik xususiyati
• Muallif: Norman Doidge
• Janri: Neyropsixologiya, ilmiy-ommabop adabiyot
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:275
Norman Doydjning ushbu asari neyroplastiklik haqidagi eng mashhur manbalardan biridir. Kitobning afzalligi shundaki, u murakkab ilmiy g‘oyalarni oddiy tilda tushuntiradi va ko‘plab real hayotiy voqealar bilan boyitadi. Asarda falajdan tuzalganlar, nutqini qayta tiklaganlar yoki yangi qobiliyatlar hosil qilgan insonlarning hikoyalari mavjud. Muallif shuningdek, miyamiz qanday qilib yangi sharoitlarga moslasha olishini va bu jarayonni ongli ravishda boshqarish mumkinligini tushuntiradi. Bu kitob faqat psixologiya va tibbiyot bilan shug‘ullanuvchilar uchun emas, balki shaxsiy rivojlanish va sog‘lom turmush tarziga qiziqqan har bir kishi uchun foydali. U o‘quvchiga o‘z hayotini o‘zgartirish uchun miyani qayta shakllantirish mumkinligini isbotlaydi.

