Ilhom manbai bo‘lgan Galaxy S mashhur seriyasidan ruhlangan yangi Galaxy Tab A11 plansheti yupqa va zamonaviy ko‘rinishga ega. Uning silliq va minimalistik dizayni barcha Galaxy qurilmalari kabi premium taassurot qoldiradi. Klassik kulrang va kumush ranglarda taqdim etilgan Galaxy Tab A11 kundalik uslubingizga mukammal mos tushadi.
Galaxy Tab A11 yorqin va silliq ekrani tufayli ko‘ngilochar foydalanish uchun juda qulay. 90 Gts yangilanish chastotasi video tomosha qilish, ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash va o‘yinlar paytida yuqori silliqlikni ta’minlaydi. Hatto quyosh nuri ostida ham ekran tasviri yorqin va aniq bo‘lib qoladi, har qanday sharoitda a’lo darajadagi ko‘rinishni saqlaydi.
Galaxy Tab A11 katta hajmdagi tezkor va ichki xotira bilan jihozlangan. 8 GB gacha bo‘lgan RAM ko‘p vazifali ishlashni oson qo‘llab-quvvatlaydi, ichki xotira esa kerakli fayllarni saqlash va ilovalarni o‘rnatish uchun yetarli. Zarurat tug‘ilganda xotirani microSD karta orqali 2 TB gacha kengaytirish mumkin.
Yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lib turing. Galaxy Tab A11 5 MP old kamera bilan jihozlangan bo‘lib, videoqo‘ng‘iroqlar vaqtida yanada aniq tasvirni ta’minlaydi. Oila bilan muloqot qilasizmi yoki jamoa bilan ishlaysizmi — yaxshilangan aniqlik suhbatdoshingiz yuz ifodalaridagi mayda detallarni ham yaxshiroq ko‘rishga yordam beradi.
Galaxy Tab A11 Dolby Atmos texnologiyasiga ega ikkita dinamik bilan jihozlangan bo‘lib, boy va ko‘p o‘lchamli ovoz taqdim etadi. Sevimli pleylistlaringizdan tortib kino yangiliklarigacha — hajmli va tiniq ovoz sizni to‘liq muhitga sho‘ng‘diradi. Shaxsiy tinglash uchun esa planshetda simli quloqchinlarni ulashga mo‘ljallangan 3,5 mm audio raz’yom mavjud.

