Fiona, Syu va Deyzi — kunduzi xayriya do‘konida ko‘ngilli bo‘lib ishlaydigan, kechasi esa jinoyatlarni fosh etadigan uch nafar jozibali kampirshodir. Sohildagi Sautborn shahriga yoz keldi, demak, keksalar yangi quyosh, dengiz va... qotilliklar mavsumiga tayyor.
Yozda butun Sautborn ajoyib manzaralari va rang-barang plyaj uychalari bilan mashhur bo‘lgan Madford-Spit sohiliga oshiqadi. G‘ayrioddiy chig‘anoqlar bilan bezatilgan shunday uychalardan biri har doim boshqalardan ajralib turardi. To bir kuni kechasi sirli vaziyatda yonib ketguncha. U bilan birga ichkarida uxlab yotgan, hech narsadan bexabar qariya Malkolm Kreyni ham halok bo‘ladi.
Mahalliy aholi uyushmasi ushbu ishni tergov qilish uchun bizning jozibali izquvarlarimizni yollaydi. Ular tezda gumondorlarning uzun ro‘yxatini tuzishga muvaffaq bo‘lishadi — injiq qariya ko‘pchilikning g‘ashiga tegishga ulgurgan edi. Ajablanarlisi shundaki, tungi o‘t qo‘yuvchi barcha kuzatuv kameralaridan qochib qutulgan va birorta ham videoyozuvga tushmagan. Ammo eng muhimi — o‘t qo‘yish uslubidir. Bu mutlaqo aqlga sig‘maydigan va hech qanday mantiqiy tushuntirishga to‘g‘ri kelmaydigan usul edi...

Muqovasi: Yumshoq Qog‘oz rangi: Eko (tabiiy) Sahifalar soni: 389 ta
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga (korzinaga) qo‘shib qo‘ying 📚
Suratli xatcho‘p (zakladka) — bonusga 🎁 To‘liq tavsifni o‘qib chiqing 😊

