PWS125-C13 burchakli silliqlash mashinasi turli materiallarni silliqlash va kesish ishlari uchun juda mos keladi. Ixcham o‘lchami, ergonomik langan korpus dizayni va takomillashtirilgan xususiyatlari qulay ishlashni ta’minlaydi.
Zichroq o‘ramga ega bo‘lgan , kichik diametrli dvigatel quvvatni kamaytirmagan holda korpus diametrini sezilarli darajada kichraytirish imkonini berdi.
Shpindelning ikki podshipnikka o‘rnatilgan konstruksiyasi yuqori ishonchlilik, uzoq xizmat muddati va kesish vaqtida yonlama yuklamalarga chidamlilikni ta’minlaydi.
Stator chulg‘ami dvigatelni abraziv materiallardan samarali himoya qilish uchun qo‘shimcha ravishda kompaund bilan qoplangan.
Kalitsiz sozlanadigan himoya qopqog‘i va uch holatga o‘rnatiladigan qo‘shimcha dastak asbobni turli xil ishlarni bajarish uchun tezda moslashtirish imkonini beradi. Shpindel blokirovkasi jihozlarni tez almashtirishni ta’minlaydi.
Afzalliklari:
● Shpindel ikki podshipnikka o‘rnatilgan
● Zichroq o‘ramga ega , ixcham dvigatel
● Stator chulg‘amlarining kompaund bilan qo‘shimcha qoplanganligi
● Lazer yordamida ishlov berilgan, zarbaga chidamli plastikdan tayyorlangan teksturali korpus
● Qulay ushlash uchun kichik diametrli korpus
● Uch holatga o‘rnatiladigan qo‘shimcha dastak
● Yoqilgan holatni mahkamlash funksiyasi
● Samarali sovutish va ventilyatsiya tizimi
● Alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan reduktor korpusi issiqlikni samarali tarqatadi
● Jihozlarni tez almashtirish uchun shpindel blokirovkasi
● Tayanch podshipniklariga ega dvigatel, chulg‘amlari ikki marta lak bilan qoplangan
● Kalitsiz sozlanadigan himoya qopqog‘i
● Xizmat muddati oshirilgan katta o‘lchamdagi ko‘mir cho‘tkalar
Qo‘llanilishi:
Metall va qotishmalarni silliqlash, tozalash va kesish uchun.
Komplektatsiya:
Burchakli silliqlash mashinasi, qo‘shimcha dastak, himoya qopqog‘i, tayanch flanes, qisuvchi flanes, kalit, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma, quti.

