P.I.T. PWC125-C — beton, g‘isht va toshda shtroba ochish uchun mo‘ljallangan maxsus asbob. Elektr simlari, quvurlar va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun kerakli kanavkalarni tez va aniq hosil qilish imkonini beradi.
Ikkita olmosli disk shtrobani bir marta o‘tishda kesish imkonini beradi. Komplektdagi prita‘kali shaybalar yordamida disklar orasidagi masofani o‘zgartirish va shtroba kengligini kerakli o‘lchamga moslashtirish mumkin. Kesish chuqurligini sozlash esa kerakli chuqurlikdagi kanavkani hosil qilish imkonini beradi.
Mustahkam alyuminiy himoya qopqog‘i, samarali sovitish tizimi va silliq ishga tushirish funksiyasi asbobdan qulay va ishonchli foydalanishni ta’minlaydi. Chang so‘rgichni ulash uchun mo‘ljallangan patrubok ish zonasidagi changni samarali chiqarishga yordam beradi.
• Chulg‘am lak bilan himoyalangan va qo‘shimcha aramid ip bilan mustahkamlangan
• Stator chulg‘amlari kompaund bilan himoyalangan
• Sifatli zavod podshipniklari CHL va AGL
• Samarali sovitish uchun kattalashtirilgan ventilyator parraklari profili
• Silliq ishga tushirish
• Bir o‘tishda shtroba ochish uchun ikkita olmosli disk
• Shtroba kengligini sozlash
• Kesish chuqurligini sozlash
• Chang so‘rgichni ulash uchun Ø35 mm patrubok
• Mustahkam alyuminiy himoya qopqog‘i
• Plastik roliklar asbobning tekis va ravon harakatlanishini ta’minlaydi
Beton, g‘isht va toshda elektr simlari, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni yotqizish uchun shtroba ochishda qo‘llaniladi.
Fotosurat ma’lumot berish maqsadida keltirilgan. Mahsulot va qadoqning tashqi ko‘rinishi farq qilishi mumkin.
To‘plam:
•Himoya g‘ilofi
•Elektr asbob (shtroborez)
•Yo‘riqnoma
•Kalit
•Mustahkamlash vintlari

