BOSCH yuqori bosimli yuvish qurilmasi uchun pistolet — bu Aquatak 140, 150, 160 modellari bilan mos keladigan, ishonchli va mustahkam aksessuar. Kuchli, yo‘naltirilgan suv oqimi orqali avtomobil, hovli, plitka, bog‘ texnikasi va boshqa sirtlardagi kirlarni samarali tozalaydi.
Pistolet zarbaga chidamli mustahkam plastikdan tayyorlangan, qo‘lda qulay ushlanadi va suv bosimini boshqarish uchun sezgir triggger (tugma) bilan jihozlangan. O‘rnatilishi oson, mahkam ulanadi va BOSCH Aquatak seriyasi bilan to‘liq mos tushadi.


