• 4 ta konforka
• Maxsus WOK-konforka
• Nominal quvvat — 6 kW
• Mexanik boshqaruv
• Elektr yoqish funksiyasi
• Gaz-kontrol funksiyasi
• Mustahkam cho‘yan panjaralar

Artel Moderno A63 0060 Inox — uy oshxonasida kundalik taom tayyorlash uchun mo‘ljallangan o‘rnatiladigan pishirish paneli. Model Inox rangida ishlab chiqilgan bo‘lib, zamonaviy oshxona texnikasi, duxovka, вытяжка va metall elementlar bilan yaxshi moslashadi.
Ishchi yuza zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan. Bu material parvarishda amaliy, muntazam qizishga chidamli va kundalik maishiy foydalanish uchun qulay.
Panel 4 ta konforka bilan jihozlangan, ular orasida maxsus WOK-konforka ham mavjud. U idishlarni tezroq qizdirishga yordam beradi va yuqori harorat talab qiladigan taomlar uchun qulay.

Mexanik boshqaruv old qismda joylashgan, shu sababli pishirish vaqtida olovni sozlash oson. O‘rnatilgan elektr yoqish funksiyasi konforkalarni gugurt yoki zajigalkasiz yoqish imkonini beradi.
Xavfsizlik uchun gaz-kontrol funksiyasi mavjud: olov tasodifan o‘chib qolsa, gaz berilishi to‘xtatiladi. Mustahkam cho‘yan panjaralar idishlarni barqaror ushlab turadi va kundalik yuklamaga mos.
Model: Artel Moderno A63 0060 Inox

