• Yorqin va qulay shriftlar
• O`qish uchun qulay format
• Yumshoq Muqova
• Sovg`a uchun tanlov
"Yulduzli tunlar" – Pirimqul Qodirovning tarixiy-romanik asari bo‘lib, 1978-yilda yozilgan. Roman buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan. Asar Boburning bolalik yillari, taxt uchun kurashlari, siyosiy voqealar ichida yetilishi, shuningdek, uning nozik qalbli shoir sifatidagi qiyofasini yoritadi.
Muallif Boburni nafaqat sarkarda, balki ilm-fan, adabiyot va san’atni qadrlagan inson sifatida tasvirlaydi. Romanda tarixiy voqealar bilan bir qatorda Boburning shaxsiy kechinmalari, muhabbati, do‘stlari va sadoqatli kishilari bilan munosabatlari ham o‘z aksini topgan. Asar real tarixiy manbalarga asoslangan bo‘lsa-da, badiiy tasvir vositalari bilan boyitilgan. “Yulduzli tunlar” o‘zbek kitobxonlari orasida eng sevimli tarixiy romanlardan biri bo‘lib, u orqali Bobur shaxsiyati yanada yaqin va tushunarli bo‘lib namoyon bo‘ladi.

