Pirimqui Qodirovning ushbu to'plamga kiritilgan asarlari milliy adabiyotimiz nasrida o'ziga xos o'rin egallagan. Bu asarlarning syujeti ijtimoiy hayotga, hagiqiy hayotga yagin turishi bilan ham ajralib turadi.
Masalan, "Yayra institutga kirmoqchi" gissasi ancha yillar avval yozilganligiga garamay, yoshlar hayotiga oid jiddiy ijtimoiy masalalar hazil-mutoyiba shaklida talgin gilingan bo'lsa-da, o'tgan yillar va shu kundagi sharoitimiz ularning yengil-yelpi kulginamo hodisalar emas, balki achchiq haqiqatlar ekanini ko'rsatdi. Chunki atrofimizda Arslon aka, Nafisa, Muborak, Xojar xola-yu, O'sarbekdek ging'ir kishilar hozir ham borligi sir emas.
Chunonchi,
"Hlinj" hikoyasiga yozuvchi Vatan
himoyasi yolida erlari urushda halok bolgan ikki opasining fidoiy hayoti va og'ir taqdirlarini asos gilib oladi va eng og ir sharoitlarda ham irodasi bukilmagan, sadoqat timsoli bo'lib qolgan ayollarning umumlashma xarakterini yaratadi. Bu hikoyani shunchaki, befarq va logayd o'gish mumkin emas. Turmush mashaggatlari va tagdir uqubatlarini boshdan kechirgan bo'lishlariga garamay, hayotga nurli umidlari va ishonchlarini yo'gotmagan, ularni abadiy e'zozlovchi kishilar shaniga bitilgan go'zal asardir. Bu asarning ingliz, yapon, arab, polyak singari o'nga yagin xorijiy tillarga tarjima gilingani bejiz emas.

