Pirimqul Qodirov “Erk” qissasida Toshkentda 1966 yilda bo‘lgan zilziladan keyingi holatlar: shaharni qayta tiklash, zamonaviylashtirish va metro qurish jarayonlari bilan birga oila qurish borasida o‘z fikrlarini ham bayon etgan.
Asarning asosiy qahramonlari - Sattor va Roziya obrazlarida hozirgi kun uchun ham dolzarb bo‘lgan muammoni, yaʼni oila qurishda ikki yoshning dunyoqarashini eʼtiborga olmaslikning oqibati qanday bo‘lishini ko‘rsatadi. Oiladagi asosiy mustahkam tayanch er-xotinning biri-biriga bo‘lgan mehr muhabbati ekanligi, agar mehr-muhabbat bo‘lmas ekan, bu oilaning kelajagi boshi berk ko‘chaga kirib qolishini taʼkidlaydi.

