Akrom ham barcha bolalar singari ota-onasining sho‘x, erka bolasi. U ham o‘yinqaroqligi bois, tez-tez xatolar qilib, dadasi va oyisi oldida uyalib qoladi. Biroq lozim vaqtda o‘z qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yaxshi o‘qish uchun bel bog‘lagani Akromni barchaning ko‘z oldida namunali, kishi havas qiladigan bolaga aylanishiga olib keldi.

