✨LASERTIME PINK — uy sharoitida keraksiz tuklarni kamaytirish va terini parvarish qilish uchun mo‘ljallangan zamonaviy IPL fotoepilyator. Qurilma 9 daraja intensivlik, HR, SC va RA funksiyalari, ICE COOLING sovutish tizimi, shuningdek AUTO va RUCHNOY rejimlari bilan jihozlangan.
⚡ HR — HAIR REMOVAL
Asosiy epilyatsiya funksiyasi. IPL yorug‘lik impulslari tuk pigmentiga yo‘naltiriladi va tuk follikulasiga ta’sir qilib, tuklarning o‘sishini bosqichma-bosqich kamaytirishga yordam beradi. Muntazam foydalanish bilan tuklar asta-sekin siyraklashib, o‘sish tezligi kamayishi mumkin.
Teri parvarishi uchun mo‘ljallangan funksiya. Qo‘ltiq osti va intim zonadagi terining qoraygan ko‘rinishini kamaytirishga va teri rangini yanada bir tekis ko‘rinishga yordam beradi.
Teri ko‘rinishini yaxshilashga yordam beruvchi funksiya. Oyoq va intim zonada ichkariga o‘sib qolgan tuklar bilan bog‘liq qizarish va mayda toshmalar ko‘rinishini kamaytirishga yordam beradi.
Muolaja vaqtida terini sovutishga yordam beradi va issiqlik hamda noqulaylik hissini kamaytiradi. ICE rejimida qurilmani gel yoki krem surmasdan, toza va quruq terida ishlatish mumkin.
⚙️1–9 daraja INTENSIVLIK orasidan teringizning sezgirligi va qulayligingizga mos darajani tanlash mumkin. Birinchi foydalanishda pastroq darajadan boshlash tavsiya etiladi.
🔄AUTO — katta sohalarda, masalan, oyoq va qo‘llarda ishlatishni qulaylashtiradi.
RUCHNOY — yuz, qo‘ltiq osti va intim kabi kichikroq yoki nozik sohalarda har bir impulsni alohida boshqariladi.
Komplektda yuz va intim zona uchun alohida nasadkalar mavjud. Bu turli sohalarda qurilmadan qulay va gigiyenik foydalanish imkonini beradi.

