"Pingvinni qutqar" ("Pingvin tuzog'i") stolda o'ynaladigan interaktiv o'yini — bu butun oila va do'stlar davrasi uchun mo'ljallangan qiziqarli va hayajonli mantiqiy головоломка!
O'yin qoidasi juda oddiy: g'ildirakcha (ruletka)ni aylantirasiz va tushgan rangga qarab maxsus bolg'acha bilan muz bo'lakchalarini urib tushirasiz. Asosiy maqsad — muz o'rtasida turgan pingvinni pastga tushirib yubormaslik! Bu o'yin bolalarda diqqat-e'tiborni, qo'l va ko'z koordinatsiyasini, mantiqiy fikrlashni hamda epchillikni mukammal rivojlantiradi.
Asosiy afzalliklari:
• Rivojlantiruvchi va qiziqarli: miya faoliyatini va epchillikni oshiradi.
• Oilaviy hordiq: ota-onalar va bolalar o'rtasidagi muloqotni va quvnoq kayfiyatni ta'minlaydi.
• Oson va tushunarli qoidalar: 3 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun mos keladi.
• Sifatli va xavfsiz: silliq va xavfsiz plastmassadan tayyorlangan.
Tug'ilgan kun, bayramlar va shunchaki oilaviy kechalarni mazmunli o'tkazish uchun eng yaxshi sovg'a!

