“Pingvin muz ustida” — bolalar uchun qiziqarli va hayajonli stol o‘yini. O‘yinning maqsadi – muz bo‘laklarini bolg‘acha yordamida ehtiyotkorlik bilan urib tushirish, lekin pingvinni yiqitib yubormaslik. Kimning harakati sabab pingvin muzdan tushib ketsa — o‘sha o‘yinchi yutqazadi.
Ushbu o‘yin bolalarda diqqat, tezkor fikrlash va reaksiya tezligini rivojlantiradi. Qo‘l harakatlarini muvofiqlashtirish va sabr-toqatni oshirishga yordam beradi. Oilaviy davrada, do‘stlar bilan yoki bog‘cha yoshidagi bolalar uchun juda mos.
Sifatli va mustahkam materialdan tayyorlangan. 2–4 nafar o‘yinchi uchun mo‘ljallangan. 3 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya etiladi.

