Pinart 3D Hand Mold — qo‘l, barmoq va kichik buyumlarning uch o‘lchamli izini yaratishga mo‘ljallangan qiziqarli antistress o‘yinchoq va dekorativ aksessuar. Minglab harakatlanuvchi metall pinlar bosilgan shaklni aniq takrorlaydi va har safar noyob 3D tasvir hosil qiladi.
Ushbu 3D Pin Art bolalar va kattalar uchun birdek qiziqarli. Stressni kamaytirishga, dam olishga va ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Stol ustida dekor sifatida ham juda chiroyli ko‘rinadi.
Pinart 3D Hand Mold tug‘ilgan kun, bayram yoki boshqa maxsus kunlar uchun original va esda qolarli sovg‘a hisoblanadi. Mustahkam ramka va sifatli metall pinlar mahsulotning uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi.

