Fransuz petrushkasi — xushbo'y hidga ega, to'yimli va vitaminlarga boy ko'kat ekinidir. Barglari mayin, shirali va yorqin yashil rangda bo'lib, yangi iste'mol qilish, salatlar, sho'rvalar, go'shtli taomlar hamda turli garnirlarga qo'shish uchun juda mos keladi.
Ushbu nav yuqori unuvchanligi, tez rivojlanishi va serhosilligi bilan ajralib turadi. Ochiq maydon va issiqxona sharoitida muvaffaqiyatli yetishtiriladi. Vegetatsiya davomida barglari bir necha marotaba kesib olinishi mumkin, bu esa uzoq muddat davomida yangi ko'kat olish imkonini beradi.
Petrushka unumdor, yumshoq va namligi me'yorida bo'lgan tuproqlarda yaxshi o'sadi. Muntazam sug'orish va o'z vaqtida parvarish qilish yuqori hosil olishga yordam beradi.

