AXIS-Y Dark Spot Correcting Glow Serum (50 ml) — bu terining rangini tenglashtirish, pigmentatsiyaga qarshi kurashish va tabiiy jilo berish uchun mo'ljallangan takomillashtirilgan formulali (Advanced Formula) mashhur koreys zardobidir.
Asosiy xususiyatlari va natija:
- Pigmentatsiyani ochartirish: 5% yuqori konsentratsiyali niasinamid (B3 vitamini) to'q dog'lar, akne izlari va terining teng bo'lmagan rangini samarali kamaytiradi.
- Chuqur namlantirish: fitoskvalan (o'simlik skvalani) va natriy gialuronat namlikni kun bo'yi saqlaydi hamda terini tarang va silliq qiladi.
- Tinchlantiruvchi parvarish va yangilanish: tabiiy o'simlik ekstraktlari teri teksturasini yumshoq yangilaydi, qizarish va ta'sirlanishni oladi.
- Sog'lom jilo: yopishqoqlik hissisiz teriga yangi, dam olgan va jilakor ko'rinish bag'ishlaydi.
Tarkibidagi faol komponentlar:
- Niasinamid (5%) — pigment dog'larini ochartiradi va terining himoya tosig'ini mustahkamlaydi.
- O'simlik skvalani — terini oziqlantiradi va namlik yo'qolishidan ximoya qiladi.
- O'simlik ekstraktlari (6+1+1 Advanced Formula):
- Chakanda (oblepixa) ekstrakti — terini vitaminlar bilan boyitadi.
- Guruch kepagi ekstrakti — teri rangini tenglashtiradi va silliqlaydi.
- Papayya ekstrakti — yumshoq peeling qiladi va terini yangilaydi.
- Kalandula va asetrola ekstraktlari — terini tinchlantiradi va antioksidant ta'sir ko'rsatadi.
- Glutation va Allantoin — ochartiruvchi ta'sirni kuchaytiradi va terini tinchlantiradi.
Qo'llash usuli:
Zardobdan oz miqdorda tozalangan yuz va bo'yin terisiga surting. Ertalab va kechqurun foydalaning. Kechki parvarishda mahsulotni tungi niqob (sleeping mask) sifatida ham surtishingiz mumkin.
Ogohlantirishlar:
- Jarohatlangan, yaralari, kuygan yoki ta'sirlangan teriga surtmang.
- Toshma yoki allergik reaksiya paydo bo'lganda foydalanishni to'xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
- Ko'zga tushganda oqarsuv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
- Bolalar qoli yetmaydigan, salqin va quruq joyda, quyosh nuridan yiroqda saqlang.