PERMILAYT-S sovuni tarkibida permetrin va setrimid mavjud bo‘lib, mahalliy qo‘llash uchun sovunli asosda qo‘tir mavjud bo‘lganda ishlatiladi.
KOSMETIK XOSSALARI
Sovun tarkibiga kiradigan permetrin piretroid juda ko‘p zararkunandalarga, jumladan bitlar, kanalar, burgalar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga qarshi aktiv ta’sir ko‘rsatadi. U hasharotlarning nerv hujayralari membranasiga ta’sir etib, repolyarizatsiya jarayonida natriy kanalining ion darvozasini to‘sib qo‘yadi va berkitadi. Bunda nerv impulslarining o‘tkazilishi keskin buziladi, membranalarning spontan depolyarizatsiyasi yoki takroriy razryadlar yuzaga keladi. Optimal konsentratsiyada bo‘g‘imoyoqlilar falajlanadi va nobud bo‘ladi.
QO‘LLASH USULI
Terining qichima kana bilan zararlangan qismiga PERMILAYT-S sovunini surting va ko‘pik hosil bo‘lishi uchun ehtiyotkorlik bilan ishqalang. Ikki daqiqadan so‘ng suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

