TAVSIF
PERMILAYT MAKS sovuni tarkibida 5% permetrin bo‘lgan oq rangli sovun bo‘lib, qo‘tir va pedikulyoz kasalliklarida ishlatiladi.
KOSMETIK XOSSALARI
Sovun tarkibiga kiradigan permetrin piretroid juda ko‘p zararkunandalarga, jumladan bitlar, kanalar, burgalar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga qarshi aktiv ta’sir ko‘rsatadi. U hasharotlarning nerv hujayralari membranasiga ta’sir etib, repolyarizatsiya jarayonida natriy kanalining ion darvozasini to‘sib qo‘yadi va berkitadi. Bunda nerv impulslarining o‘tkazilishi keskin buziladi, membranalarning spontan depolyarizatsiyasi yoki takroriy razryadlar yuzaga keladi. Optimal konsentratsiyada hasharotlar va bo‘g‘imoyoqlilar falajlanadi va nobud bo‘ladi.
FOYDALANISH UCHUN TAVSIYALAR
PERMILYAT MAKS SOVUNI Sarcoptes scabiei (qo‘tir) va bitlar* bilan zararlanganda mahalliy qo‘llash uchun tavsiya etilgan.
QO‘LLASH USULI
Terining qichima kana yoki bitlar bilan qoplangan qismiga PERMILYAT MAX sovunini surting va ko‘p ko‘pik hosil bo‘lishi uchun ehtiyotkorlik bilan ishqalang. Ikki daqiqadan so‘ng suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

