TAVSIF
PERMILAYT shampuni qo‘tir yoki bosh bitlari mavjud bo‘lganda mahalliy qo‘llash uchun shampunning yopishqoq asosidagi 5% permetrinni o‘z ichiga oladi.
KOSMETIK XOSSALARI
Shampun tarkibiga kiruvchi permetrin piretroid juda ko‘p zararkunandalarga, jumladan bit, kana, burga va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga qarshi faol ta’sir ko‘rsatadi. U hasharotlarning nerv hujayralari membranasiga ta’sir etib, repolyarizatsiya jarayonida natriy kanalining ion darvozasini to‘sib qo‘yadi va berkitadi. Bunda nerv impulslarining o‘tkazilishi keskin buziladi, membranalarning spontan depolyarizatsiyasi yoki takroriy razryadlar yuzaga keladi. Past konsentratsiyalarda hasharotlar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilar giperaktivlikdan aziyat chekadi. Yuqori konsentratsiyada ular falajlanadi va nobud bo‘ladi.
FOYDALANISH UCHUN TAVSIYALAR
PERMILAYT shampuni bosh terisiga qichima kanalari (Sarcoptes scabiei) yoki bosh bitlari joylashganda va ta’sirlanganda mahalliy qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALASH
PERMILYAT shampuni surtmoqchi bo‘lgan joyingizdagi bosh terisini ozgina suv bilan namlang. Zararlangan joyga va uning atrofidagi katta maydonga shampun surting. Barmoqlar bilan shampunni ko‘pik hosil bo‘lguncha ishqalang. Shampun bosh terisiga 5 daqiqaga qoldiriladi. Yaxshilab yuving.

