2012 yilgi Nobel mukofoti sovrindori Mo Yanning Mao Szedundan keyingi Xitoy hayoti haqidagi avtobiografik qissasi. Unda muallif o‘zini o‘rab turgan muhitning qiziqarli jihatlari, adabiy yo‘lni tanlash sabablari va insonlar haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu - intellektual adabiyotni sevuvchi har qanday darajadagi o‘quvchi, hatto Mo Yan ijodi bilan hali tanish bo‘lmaganlar uchun ham ajoyib mutolaa.

