Ushbu test kitobi 2023-yil 29-dekabrda «Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 692-son qaroriga muvofiq Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi pedagogik mahorat bo‘yicha topshiradigan testlarning mazmun sohasi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati asosida tuzildi.
To‘plam attestatsiyaga tayyorlanmoqchi bo‘lgan barcha fan o‘qituvchilari va MTT tarbiyachilari, Defektolog o‘qituvchilari, kasbiy sertifikatga tayyorlanayotgan stajor o‘qituvchilar va 4-kurs talabalariga mo‘ljallangan.

