TOLSEN asboblari ishonchlilik, qulaylik va bardoshlilikni hisobga olgan holda yaratilgan bo‘lib, ularni professional quruvchilar, uy ustalari hamda safar paytidagi ishlar — turizm, baliq ovlash va ovchilik uchun ideal tanlovga aylantiradi.
TOLSEN invertorli payvandlash apparati MIG (Metal Inert Gas) usuli bilan yuqori sifatli payvandlash, hamda MMA (Manual Metal Arc) usulida payvandlsh uchun mo‘ljallangan. Ushbu texnologiyalar silliq, mustahkam va toza payvand chokini ta’minlaydi, shu sababli u metall konstruksiyalar, kuzov ta’miri va kichik payvandlash ishlarida a’lo tanlov hisoblanadi.
IGBT texnologiyasi yuqori unumdorlik, barqaror yoy va elektr energiyasini tejamkor sarflashni ta’minlaydi. Qurilma ham professional ustalar, ham maishiy foydalanish uchun mos keladi.
Inverter mustahkam korpus, qizib ketishdan himoya va qulay boshqaruv elementlariga ega. Yupqa va o‘rta qalinlikdagi metallni payvandlash ishlarini a’lo darajada bajaradi.
– Payvandlash turi: MIG + MMA
– Texnologiya: IGBT
– Nominal kirish quvvati: 5,1 kVA
– Kirish kuchlanishi: 230 V
– Chastota: 50/60 Hz
– Yuklamasiz ish kuchlanishi: 60 V
– Chiqish toki oralig‘i: MIG: 30–120 A, MMA: 20–120 A
– Maksimal tok: 120 A
– Ish sikli: 20% (40 °C da)
– Elektrod diametri: MIG: 0.9 mm, MMA: 1.6–3.2 mm
– Qadoqlanishi: rangli quti
✔ Elektrod ushlagichi kabel bilan
✔ Manfiy qutb qisqichi kabel bilan
✔ Metall cho‘tka
✔ Payvandlash niqobi
✔ Zamonaviy IGBT texnologiyasi — barqaror yoy va ishonchlilik
✔ Ixcham va yengil korpus — tashish va saqlashda qulay
✔ Ortiqcha yuklama va qizib ketishdan himoya
✔ Payvandlash parametrlarini boshqarish oson va tushunarli
✔ Professional va uy ustalari uchun ideal tanlov

