Muhammad Sayyid Tantoviyning ushbu kitobida payg‘ambarlar (alayhimussalom) tarixi, ibratli hayotlari, Qur’oni Karimdagi ba’zi suralarning nozil bo‘lish sabablari bayon qilinadi. Ayniqsa, muborak Qur’on oyatlarida zikr qilingan qissalar juda qiziqarli va tushunarli uslubda talqin qilingan. Bu ibratli qissalar inson nafsini razolatdan hidoyat sari boshlaydi, qalb ko‘zlarini ochadi, razil va chirkin odatlardan qutulishga chaqiradi.

