Payg‘ambarlar tarixi insoniyatga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi eng buyuk merosdir. Ushbu kitobda Odam alayhissalomdan Muhammad sollallohu alayhi vasallamgacha bo‘lgan barcha elchilarning hayoti, sabri va da’vati hikoya qilinadi.
Siz bu yerda qavmlarning halok bo‘lishi, mo‘jizalar va imon yo‘lidagi mashaqqatlarni o‘qiysiz. Har bir qissa qalbingizga orom va hayotingizga ibrat baxsh etadi. Haqiqiy hidoyat va hikmat izlovchilar uchun eng sara manba.

