Kitobning avvali bir go‘dakning dunyoga kelishi bilan boshlanadi. Bola ulg‘ayishi bilan uning tabiatida boshqalardan ajratib turuvchi go‘zal fazilatlar namoyon bo‘ladi. U ota-ona mehrida voyaga yetadi, savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi, uylanadi, farzandli bo‘ladi.
Mutolaa davomida o‘quvchi o‘sha davrga go‘yo qaytib qoladi:
— go‘dakligida uni qo‘riqlagisi keladi,
— bolaligida birga o‘ynagisi keladi,
— savdo safarida karvoniga qo‘shilgisi keladi,
— oila qurganida esa shu oilaning a’zosi bo‘lgisi keladi.
Keyinchalik qahramonning ko‘zida mayuslik paydo bo‘ladi. Sababi bor: buyuk voqealar boshlanmoqda. Olamni nurga to‘ldirgan xushxabar yaqinlashmoqda.
Kitobni o‘qib bo‘lgach, biz insoniyatning eng ulug‘ rahnamosi — Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan tanishganimizni chuqur his qilamiz. Bu — muhabbat, tanishuv va ma’naviy uyg‘onish qissasidir.
📘 384 bet
📏 17×20 sm
📕 Qattiq muqova
🇺🇿 Kirill yozuvi

